Janubda mehnat fronti faxriylari sharaflanmoqda (+video)
Prezidentimizning 2025 yil 25 fevraldagi tegishli farmoniga muvofiq Surxondaryo viloyatida 1941-1945 yillardagi urush va mehnat fronti faxriylariga izzat-ikrom ko‘rsatilib, “Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 80 yilligi” esdalik yubiley medali va bir martalik pul mukofoti tantanali topshirilmoqda.
Ikkinchi jahon urushi yillarida Surxondaryo viloyatidan 53 ming 360 dan ortiq mard va jasur yigit frontga jo‘natilgan. Ularning 11 mingdan ortig‘i jang maydonlarida halok bo‘lgan. Tadbirlarda qaqshatqich jangu jadallarda qahramonlarcha halok bo‘lgan yurtdoshlarimiz xotirlanib, urush qatnashchilari va front orti mehnat faxriylari ulug‘lanmoqda. “Vatan ravnaqi, tinchligi va himoyasi yo‘lidagi qahramonlik unutilmaydi”shiori ostida tashkil etilayotgan tadbirlarda Vatanni himoya qilishning sharafli burch va buyuk jasorat ekani keng namoyon bo‘lmoqda.
Termiz shahrida bo‘lib o‘tgan ana shunday tadbirlardan birida Janubi-G‘arbiy maxsus harbiy okrugi qo‘mondonlik harbiy xizmatchilari, viloyat hokimligi, faxriylar va yoshlar ishtirok etdi.
Bayramona bezatilgan “Nuroniylar guzari”da bo‘lib o‘tgan tadbirda Ikkinchi jahon urushida front ortida mehnat qilib, fashizm ustidan g‘alaba qozonishga katta hissa qo‘shgan otaxon va onaxonlar sharaflandi. Ularning fidokorona mehnatlari alohida qayd etilib, bugungi tinch, to‘kin turmush yo‘lida ko‘rsatgan matonatlari uchun chuqur minnatdorlik bildirildi. “Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 80 yilligi” esdalik yubiley medali va bir martalik pul mukofoti topshirilib, bayram dasturxoni yozildi. Qiziqarli konsert dasturi namoyish etildi.
[gallery-23209]
Viloyatda “Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 80 yilligi” esdalik yubiley medali va pul mukofotlarini topshirish marosimlari mahallalarda yashayotgan front orti mehnat faxriylarining xonadonlarida ham davom etmoqda.
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/BZGdkpyam9M?si=2wSD_0D69Y440Fwe" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Xolmo‘min Mamatrayimov,
O‘zA muxbiri