Jangovar o‘q-dorilar to‘xtatib qolindi
Buxorodagi xalqaro o‘tkazish punktida jangovar o‘q-dorilarni noqonuniy olib kirishga uringan haydovchi to‘xtatib qolindi. Bu haqida DXX Chegara qo‘shinlari matbuot xizmati xabar berdi.
Aniqlanishicha, Buxoro viloyatidagi “Olot-avtoyo‘l” xalqaro o‘tkazish punktida chegarachilar tomonidan xizmat iti yordamida bojxona xodimlari bilan hamkorlikda kirish yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan O‘zbekiston fuqarosi S.A. boshqaruvidagi DAF rusumli yuk transport vositasi ko‘rikdan o‘tkazilgan.
Ko‘rik natijasida yuk mashinasi tirkamasiga ortilgan jami 8 dona yengil avtomashina orasidan, davlat raqamisiz, rusumi Hyundai Elantra bo‘lgan avtomashinaning orqa o‘rindig‘i va zaxira g‘ildiragi orasidan 1 dona karton qutida 43 dona jangovar patron yashirib qo‘yilgani aniqlangan.
Hozirda holat yuzasidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Zarif Komilov, O‘zA