Jamoat xavfsizligini ta’minlashda raqamli texnoogiyalar imkoniyatlaridan keng foydalaniladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Andijon viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va aholi daromadlarini oshirish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazilmoqda.
Jamoat xavfsizligini ta’minlash va kiberjinoyatlarning oldini olishda raqamli texnologiyalardan keng foydalanish zarurligi qayd etildi.
Andijon shahri, Shahrixon va Andijon tumanlari ichki ishlar rahbarlariga raqamlashtirish hamda kiberjinoyatlarga qarshi kurashish bo‘yicha o‘rinbosar lavozimlari joriy etiladi.
Ular ko‘chalardagi kameralar ma’lumotlarini sun’iy intellekt orqali tahlil qilib, bezorilik, o‘g‘rilik va yo‘l-transport hodisalarining oldini olish bo‘yicha yechimlar ishlab chiqadi.
Kiberhujumlardan himoyalanish dasturi ishlab chiqilib, byudjet tashkilotlari xodimlari, o‘quvchi va talabalar, pensionerlarning bu boradagi bilimlari oshiriladi.
Yil yakunigacha ushbu tajribani boshqa hududlarda ham joriy etish topshirildi.
O‘zA