Jahongir Zokirov Osiyo o‘yinlari kumush medali sohibi
Aichi va Nagoya shaharlarida o‘tayotgan XX Osiyo o‘yinlarining boks bo‘yicha final janglarida vakillarimiz munosib ishtirok etmoqda.
Vazni +90 kg. bo‘lgan charm qo‘lqop ustalari orasida hamyurtimiz Jahongir Zokirov so‘nggi hal qiluvchi final bosqichida qozog‘istonlik Aybek Oralbay bilan jang qildi. Keskin va murosasiz o‘tgan bahsda vakilimiz imkoniyatni boy berib qo‘ydi va kumush medalga sazovor bo‘ldi.
Natijada, O‘zbekiston delegatsiyasi hisobidagi medallar soni 19 ta oltin, 22 ta kumush va 22 ta bronza, jami 63 taga yetdi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA