Jahongir xalqaro turnir g‘olibi
Jahongir Vohidov Angliyada shaxmat bo‘yicha o‘tkazilgan «Tradewise Hastings Masters» xalqaro turnirida g‘alaba qozondi.
Jahongir Vohidov Angliyada shaxmat bo‘yicha o‘tkazilgan «Tradewise Hastings Masters» xalqaro turnirida g‘alaba qozondi.Xalqaro grossmeysterimiz Jahongir Vohidov to‘qqiz turdan iborat musobaqada angliyalik Jek Rudd, serbiyalik Jovika Radovanovich, AQSh vakili Jastin Sarkar, polshalik Aleksandr Mista, vengriyalik Mate Bagi va Tamas Fodor ustidan g‘alaba qozondi, hindistonlik Vi Kartik va germaniyalik Igor Xenkin bilan durang o‘ynadi.
Xalqaro turnirda to‘qqiz imkoniyatdan yetti ochko jamg‘argan shaxmatchimiz J.Vohidov birinchi o‘rinni egalladi.