Jahon hafta ichida: Changda qolgan Geraklion, JCHga chiqqan Iroq, Nishonda qolgan Kuvayt tankeri
O‘tayotgan hafta dunyo bo‘ylab turli qiziqarli hodisalar yuz berib, o‘ziga xos tarzda yodda qoldi.
Odatga ko‘ra, e’tiboringizga “Jahon hafta ichida” rukni orqali haftaning eng muhim voqealari qisqacha tafsilotini suratlar yordamida havola etamiz.

Isroilning Livanga havo hujumlari ortidan Bayrut shahridagi binolardan birida kuchli portlash sodir bo‘ldi.

Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida dron yordamida olingan ushbu surat ijtimoiy tarmoqlarda mashhurlikka erishgach, butun dunyodan sayyohlarni o‘ziga jalb qila boshladi va mazkur aholi manzili shaharning sayyohlik yo‘nalishlaridan biriga aylandi.

Maltaning Gashak shahrida politsiya xodimlari diniy marosim oldidan Rim askari kiyimidagi ishtirokchini kuzatib turibdi.

Tel-Aviv. Eron Isroil tomon raketa uchirgach, sirenalar ovozi yangragan payti mahalliy aholi vakili o‘z itini boshpanaga olib ketmoqda.

Krit oroli. Sahroi Kabirdan ko‘tarilgan qum bo‘roni sabab chang ichida qolgan Geraklion shahri manzarasi.

Kanada. Qutb tulkisi Nunavut hududidagi Kembrij-Bey shahri axlatxonasi yaqinida atrofni kuzatmoqda.

AQSH va Isroilning Eron bilan ziddiyati fonida Tehronda politsiya xodimi xavfsizlikni nazorat qilmoqda.

Iroq futbol jamoasi konfederatsiyalararo pley-offda Boliviyani 2:1 hisobida mag‘lub etib, 1986 yildan beri ilk bor FIFA Jahon chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritganidan so‘ng, mahalliy aholi Mosul ko‘chalarida bayram qilishmoqda.

“Japan Airlines” aviakompaniyasining yangi ishga olingan xodimlari Tokio shahridagi Haneda aeroporti angarida bo‘lib o‘tayotgan tanishuv marosimida ishtirok etishmoqda.

Odamlar Germaniyaning Kyoln shahridagi Lyudvig muzeyida “Cheksiz akslar xonasi” nomli art-installyatsiyasi bo‘ylab sayr qilmoqda.

Pokistonning Lahor shahridagi temir yo‘l vokzalida yo‘lovchilardan biri o‘z ona shahriga qaytish uchun vagonga deraza orqali kirishga urinmoqda.

Shimoliy Koreyani Xitoydan ajratib turuvchi Yalu daryosida patrul qayig‘i ustida mashq qilayotgan KXDR askari.

Ukrainalik bolalar Lvov shahri markazida RF dronidan zarar ko‘rgan ko‘p qavatli uy yaqinida ortga qaramoqda.

Buyuk Britaniya. Londonning “Maxzikey Hadat” sinagogasi yonida to‘rtta tez yordam mashinasiga o‘t qo‘yilishi ortidan sud-tibbiyot ekspertlari guruhi surishtiruv ishlarini olib bormoqda.

Xizmatchilar Pekin shahrida Xitoy Xalq siyosiy maslahat kengashi ochilish sessiyasiga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Falastinliklar Xon Yunus shahridagi lagerda qum bo‘roni payti chodirni mustahkamlashga urinmoqda.

Nyu-Yorkning “LaGuardia” aeroportida “Air Canada Express” samolyoti yer usti transporti bilan to‘qnashib ketdi.

BAA qirg‘oqlari yaqinida Kuvayt bayrog‘i ostidagi “Al-Salmi” nomli neft tankeriga shikast yetdi. Ta’kidlanishicha, tanker Dubay yaqinida langarda turgan payti Eron havo hujumiga uchragach, unda yong‘in kelib chiqqan.

Oy atrofidan uchib o‘tishga mo‘ljallangan “Artemis II” missiyasi ekipaji – NASA astronavtlari Rid Uayzmen, Viktor Glover, Kristina Kox hamda Kanada kosmik agentligi astronavti Jeremi Hansen Kennedi kosmik markazida koinotga uchishga hozirlik ko‘rmoqda.

Livan. Bayrutda ko‘chirilganlar uchun tashkil etilgan vaqtinchalik lagerda yosh qizcha o‘z oilasi chodiri yonida rolik uchmoqda.

Janubiy Koreya. Xan daryosi bo‘yidagi bog‘da “BTS” guruhining qaytishini nishonlash uchun uyushtirilgan shouda dronlar ushbu musiqiy guruh a’zosi Jon Kuk shaklida parvoz qilmoqda.
O‘tkir Mirzo, O‘zA