Jahon chempionatida bokschilarimiz o‘zlarini ko‘rsatmoqda
Angliyaning Liverpul shahrida boks bo‘yicha kattalar o‘rtasida boshlangan jahon chempionati terma jamoamiz uchun muvaffaqiyatli o‘tmoqda.
“Bank Arena” majmuasida o‘tayotgan chempionatning ikkinchi kunida O‘zbekiston terma jamoasining 3 nafar bokschisi o‘zlarining ilk janglarini o‘tkazdi.

Jumladan, Shodiyorjon Meliqo‘ziyev -50 kg. vaznda Saudiya Arabistoni vakili Navaf Avajini ikkinchi raundda texnik nokautga uchratdi. Endi uning navbatdagi bahsi 9 sentyabrda bo‘lib o‘tadi. Keyingi raqib avstraliyalik Omer Izaz bo‘ladi.
Shuningdek, Jahongir Zokirov +90 kg. vaznda jazoirlik Mourad Kadini, -57 kg. vazn toifasida Xumorabonu Mamajonova Yangi Zelandiya vakili Lai-Karlile Alini yirik 5:0 hisobida yengdi.
Bugun, 6 sentyabr kuni quyidagi uch nafar bokschi qizimiz ringga ko‘tariladi:
+80 kg: Oltinoy Sotimboyeva Mania Lovchinska (Ukraina)
-60 kg: Setora Turdibekova - Tetiyana Dovxal (Ukraina)
-51 kg: Feruza Kazakova - Yuliyet Xinestorza
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA