Jahon chempionati bahslari qizg‘in davom etmoqda
Nukusda belbog‘li kurash bo‘yicha o‘g‘il bolalar hamda qizlar o‘rtasida jahon chempionati bahslari boshlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun o‘tkazilayotgan jahon chempionatida Hindiston, Rossiya, Turkiya, Gruziya, Indoneziya, Armaniston, Vengriya, Shveysariya, Yaponiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston kabi 25 ga yaqin davlatning nomdor polvonlari ishtirok etmoqda.
[gallery-23658]
Erkin yo‘nalishdagi dastlabki bellashuvlarda o‘z vazn toifalarida o‘g‘il bolalar o‘rtasida qozog‘istonlik Sherxan Yesbolat, Aydos Yerlan, rossiyalik Ali Shipshikov, turkmanistonlik Serdar Baymuradov, Azadi Kuliyev, mamlakatimizdan Eldor Nurmurodov, Ramziddin Abdulhamidov, tojikistonlik Hojakbar Bobozoda, qirg‘izstonlik Abdurahmon Anarbayev, qizlar o‘rtasida mamlakatimizdan Kumushxon Qahramonova, Ruxshona Avazova, rossiyalik Varvara Omeliyalar g‘alaba qozondi.
Bugun belbog‘li kurash bo‘yicha o‘g‘il bolalar hamda qizlar o‘rtasida jahon va Osiyo chempionatining tantanali ochilishi, jahon chempionatining yarim final va final bellashuvlari, shuningdek g‘oliblarni taqdirlash marosimlari o‘tkaziladi.
Ertaga belbog‘li kurash bo‘yicha o‘g‘il bolalar hamda qizlar o‘rtasida Osiyo chempionati bahslari bo‘lib o‘tadi.
Dovud Abibullayev, Maqsad Habibullayev (surat), O‘zA