"Italpress": Etna vulqoni otilishi tufayli yuzlab reyslar bekor qilindi
Italiyaning Sitsiliya orolida Yevropaning eng faol vulqoni - Etna yana otildi. Vulqon faolligi tufayli mahalliy Kataniya aeroporti 14-avgustga qadar yopildi. Bu haqda axborot hamkorimiz – "Italpress" xabar bermoqda.
Ta’kidlanishicha, Etna vulqoni otilishi Sitsiliya havo qatnoviga jiddiy ta’sir ko‘rsatdi. Yuzlab reyslar bekor qilindi, ayrimlari ma’lum vaqtga kechiktirildi, ba’zi uchoqlar Palermo va Komizo aeroportlariga yo‘naltirildi.
Italiya Geofizika va vulkanologiya milliy instituti ma’lumotiga ko‘ra, ayni payt 2 360 va 2 750 metr balandlikda joylashgan ikki tog‘dan kuchli lava oqimi chiqmoqda.
Ma’lumot uchun, Etna yiliga bir necha marta faollashadi. Vulqonning avvalgi kuchli faolligi iyul oyi boshida kuzatilgan.
(Ushbu maqola O‘zA va “Italpress” axborot agentliklari o‘rtasidagi hamkorlik kelishuviga muvofiq tayyorlandi)
D.Hakimov, O‘zA