Italiya «Yevro-2024» bilan xayrlashdi
Turli sensatsiyalar va kutilmagan natijalarga boy o‘tayotgan Yevropa chempionatida nimchorak final bahslari boshlandi.
Ushbu bosqichda amaldagi chempion Italiya terma jamoasi Shveysariyaga qarshi maydonga tushdi va 2:0 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Bu natija esa musobaqaning navbatdagi sensatsiyasi bo‘ldi.

Shu tariqa, Shveysariya chorak finalga yo‘l oldi va yarim final uchun o‘tadigan o‘yinda Angliya – Slovakiya termalari o‘rtasidagi g‘olib jamoa bilan raqobatlashadi.

Shuningdek, musobaqa mezboni bo‘lgan Germaniya kutilgandek Daniyani 2:0 hisobida yengib, chorak finalda Ispaniya – Gruziya to‘qnashuvida zafar quchgan terma jamoa bilan o‘ynash huquqini qo‘lga kiritdi.

Bugun, 30 iyun kuni Angliya – Slovakiya (21:00), Ispaniya – Gruziya (23:59) terma jamoalari 1/8 final bosqichi doirasida o‘zaro o‘yin o‘tkazadi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA