Italiya Prezidenti Samarqandga keldi
Mamlakatimizda rasmiy tashrif bilan bo‘lib turgan Italiya Respublikasi Prezidenti Serjo Mattarella va uning qizi Laura Mattarella bugun Samarqandga keldi.
Samarqand xalqaro aeroportida yuqori martabali mehmonlarni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Norboyeva hamda Samarqand viloyati hokimligi rahbarlari kutib oldi.
Italiya Prezidenti ertaga, 11 noyabr kuni Samarqanddagi tarixiy-madaniy yodgorliklar bilan tanishishi ko‘zda tutilgan.
[gallery-14510]
G‘.HASANOV, A.ISROILOV (surat), O‘zA muxbirlari