Istiqlol va vatanni tarannum etish saodati
Farg‘onada “Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon!” shiori ostida “Eng ulug‘, eng aziz” respublika tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Farg‘onada “Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon!” shiori ostida “Eng ulug‘, eng aziz” respublika tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Unda viloyatdagi iste’dodli ijodkorlar, xususan, jurnalistlar, shoir va yozuvchilar, kino hamda tasviriy san’at namoyandalari, shuningdek, yosh iqtidor sohiblari mamlakatimizda istiqlol yillarida qo‘lga kiritilgan ulkan muvaffaqiyatlar, xalqimizning tinch va farovon turmushi, amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari tarannum etilgan rang-barang asarlari bilan qatnashdi. 700 dan ziyod sara asarlar hakamlar hay’atining bahosini oldi.
Taqdirlash marosimida so‘zga chiqqan Respublika “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi raisi I.Latipov, viloyat hokimi o‘rinbosari D. Qosimova va boshqalar mamlakatimizda adabiyot, madaniyat hamda san’at rivojiga yuksak e’tibor qaratilayotganini alohida ta’kidladilar.
– Bugun ulkan islohotlar, yangilanishlar har bir ijodkorni yanada izlanishlarga, yangi asarlar yaratishga undamoqda, – deydi tanlov g‘olibi, “Ma’naviyat” gazetasi muxbiri Mahiyora Boyboboeva. – Zero, bizlar uchun Vatan, istiqlol hamda tinchlik qadr-qimmatini tarannum qilishdan katta baxt yo‘q. Kamtarona xizmatlarimizni yuqori baholab, yanada ilhom baxsh etib kelayotgan mazkur tadbirlar esa bizni bundan-da faollikka undaydi.
Sovrindorlar tashkilotchilarning maxsus diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. O‘nlab yosh ijodkorlar esa rag‘batlantiruvchi mukofotlarga sazovor bo‘ldi.



