Iste’molchilar murojaati yechim topdi
O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi ishonch telefoniga Buxorolik K.A murojaat qilgan.
Qayd etilishicha, u Buxoroda joylashgan savdo majmuasidan qo‘l telefon sotib oladi. Oradan biroz vaqt o‘tib, telefon nosoz ahvolga kelib qolgan. Fuqaro tadbirkorga bu borada bir necha bor murojaat qiladi, lekin telefon almashtirib berilmaydi.
Murojaat o‘rganilgach, iste’molchining telefoni boshqa telefonga almashtirib berildi.
Murojaatlardan yana biri Kogon tumanida yashovchi fuqaro B.Sdan kelgan. Unda aytilishicha, fuqaro «Artel» maishiy-texnika do‘konidan televizor xarid qiladi. Afsuski, ko‘p o‘tmay, televizor sifatsiz ekani ma’lum bo‘ladi. Fuqaro bu haqda bir necha bor do‘kon xodimlariga murojaat qilgan, lekin o‘zgarish bo‘lmaydi. Murojaat o‘rganilib, televizor sifatlisiga almashtirib berildi.
Shuningdek, Vobkent tumanida yashovchi fuqaro N.A ham maishiy savdo do‘konidan 2 ta uyali aloqa vositasi xarid qilgani, ammo ular ko‘p o‘tmay, nosoz ahvolga kelib qolganini aytadi.
Mazkur murojaat ham o‘rganilib, tadbirkor tomonidan nosoz telefon to‘liq ta’mirlab berildi.
Maftuna KARIMOVA, O‘zA