15 mart – Butunjahon iste’molchilar huquqlarini himoya qilish kuni

Har yili 15 mart sanasida butun dunyoda Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish kuni keng nishonlanadi. Mazkur sana jahonning 130 dan ziyod davlatida 1983 yildan beri u yoki bu shaklda bayram qilinadi. Xususan, O‘zbekistonda ham bir necha yillardan beri sana bilan bog‘liq turli tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda.  

Bu kun dastlab Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan 1983 yil ta’sis etilgan bo‘lib, 1985 yil 9 aprel kuni BMT Bosh Assambleyasi iste’molchilar huquqlarini himoya qilish prinsiplarini qonunan mustahkamlab qo‘ygan.  

Aytish joizki, Butunjahon iste’molchilar huquqlarini himoya qilish kunining tarixiy ildizi AQSH Prezidenti Jon Kennedining 1962 yil 15 mart kuni mamlakat Kongressida so‘zlagan nutqiga borib taqaladi. O‘sha kuni Jon Kennedi dunyo bo‘yicha ilk marotaba “iste’molchi huquqlari” iborasini yuksak darajada qo‘llagan edi. Uning nutqida iste’molchilarning to‘rtta ustuvor huquqlari ko‘rsatib berilgan. Bular:  

– axborot olish huquqi;  

–xavfsizlik huquqi;  

–tanlov huquqi;   

–eshitilish huquqi.   

Keyinchalik bu ustuvor huquqlar dunyoning aksariyat davlatlari, xususan, mamlakatimizda ham iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik asosini tashkil qildi.   

Yana kun tarixiga qaytadigan bo‘lsak, 1960 yili dunyoda iste’molchilar huquqlarini himoya qilishga bel bog‘lagan nodavlat tashkilot – Xalqaro iste’molchilar uyushmasi (Consumers International) tuzilgan. Oltmish yildan ziyod vaqt mobaynida faoliyat ko‘rsatayotgan bu tashkilotga bugun dunyoning 100 dan ziyod mamlakatlaridagi iste’molchilar huquqlarini himoya qilish bilan bog‘liq 200 ortiq jamoat va davlat tuzilmalari a’zo hisoblanadi. Uyushma tamoyillari esa quyidagilardan iboratdir:   

–axborot olish huquqi;  

–xavfsizlik huquqi;  

–tanlov huquqi;  

–eshitilish huquqi;  

–zararlarning qoplanishi huquqi;  

–sog‘lom atrof tabiiy muhitga egalik huquqi;  

–iste’molchilik madaniyati huquqi;  

–birlamchi ehtiyojlarni qondirish huquqi.  

Mazkur uyushma iste’molchilar huquqlarini YUNESKO va BMT darajasida himoya qiladi, fuqarolarga iste’molchilik sohasi bo‘yicha ta’lim beradi va huquqiy yordam ko‘rsatadi.   

Mamlakatimizda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasida ham ko‘plab islohotlar amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida ham iqtisodiy faoliyatda Davlat iste’molchilarning huquqi ustunligini hisobga olishi kafolatlangan bo‘lib, iste’molchilar huquqlarini himoya qilishga oid yaxlit qonun 1996 yilning 26 aprelida qabul qilingan.   

Zamon rivojlanishi sari yangi ish, xizmat va tovarlarning yangi turlari paydo bo‘lishi bilan iste’molchilarning turli sohalarda huquqlarini himoya qilishni va qonunchilikni mos ravishda takomillashtirib borishni taqazo etadi.   

Shu asosda, milliy qonunchiligimiz xalqqa xizmat qiladigan holda yildan-yilga mukammallashtirib borildi. 

Xususan, o‘tgan yilda qonunga iste’molchi va sotuvchi (ishlab chiqaruvchi, ish va xizmat ko‘rsatuvchi) o‘rtasidagi munosabatlarni huquqiy tartibga solishning yangicha mexanizmlari, shartnomaviy munosabatlarda iste’molchiga o‘zining qonunchilikda belgilangan talablarini qanoatlantirishda ustuvor huquq berilishi, ishlab chiqaruvchi haqidagi, savdo va xizmat ko‘rsatish qoidalari va umuman, tovar to‘g‘risidagi axborotni iste’molchilarga davlat tilida yetkazilishi va shartnomaga iste’molchining qonunchilikda nazarda tutilgan huquqlarini kamsitadigan shartlarni kiritishga yo‘l qo‘yilmasligi kabi talablar kiritildi.   

Shuningdek, tovarlarni axborot tizimlaridan foydalangan holda realizatsiya qilishda iste’molchilarning huquqlari buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik va oldini olish maqsadida ushbu munosabatlarni tartibga soluvchi talablar alohida yangi modda sifatida qonunda mustahkamlab berildi.   

Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama bozorini tartibga solish sohasida yagona davlat siyosatini olib borish hamda davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 11 sentyabrdagi “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilishning huquqiy va institutsional tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi

farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzurida Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi tuzildi.  

Farmon bilan uning asosiy vazifalari belgilab berildi. Xususan, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama bozorini tartibga solish sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish hamda amaliy ijrosini ta’minlash, iste’molchilarning tovarlar (ishlar, xizmatlar), ularning ishlab chiqaruvchisi, ijrochisi va sotuvchisi to‘g‘risidagi haqqoniy va to‘liq ma’lumotlarni, shu jumladan, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llagan holda olish imkoniyatlarini ta’minlash, aholining iste’molchilik bilimi va savodxonligini oshirishga qaratilgan dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish, iste’molchilarga ularning huquq hamda manfaatlarini himoya qilishda yordam ko‘rsatish, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish, shuningdek, tovarlar (ishlar, xizmatlar) xavfsizligi va ularning sifatini nazorat qilish sohasida hamkorlik qilish uning eng prinsipial vazifalari etib belgilandi.  

Qolaversa, o‘tgan davr mobaynida agentlik tomonidan iste’molchilar huquqi buzilishi sabablarini tahlil qilish, ularni bartaraf etish yuzasidan takliflar tayyorlash hamda iste’molchilar huquqi buzilishi holatlarining oldini olish, normativ-huquqiy bazani takomillashtirish, tadbirkorlik va iste’molchilik madaniyatini takomillashtirish, reklama sohasida nohalol raqobatga hamda noto‘g‘ri reklamaning yuzaga kelishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida reklama bozorini tartibga solish, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasida fuqarolik jamiyati institutlari hamda boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qilish bo‘yicha ham bir qator ishlar qilindi.  

Aholining iste’molchilik bilimi va savodxonligini oshirish maqsadida ommaviy axborot vositalarida turli mavzularda jami 4 ming 286 ta material va huquqiy axborotlar berildi.  

Yoshlar o‘rtasida huquqiy bilimdonlikni kuchaytirish, ularning iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasidagi faolliklarini yanada oshirish maqsadida respublika miqyosida o‘quvchilar o‘rtasida “Moliyaviy savodxon yosh iste’molchi” bilimlar tanlovi onlayn olimpiadasi o‘tkazildi. Joylarda 30 mingga yaqin iste’molchilar, shu jumladan yoshlar ishtirokida 541 ta turli tadbirlar tashkil qilindi.   

Iste’molchilarning uy-joy kommunal, transport xizmatlari, savdo va umumiy ovqatlanish, aloqa, moliya va ijtimoiy xizmatlar, reklama munosabatlari va boshqa masalalardagi 25 ming 644 ta murojaatlari ko‘rib chiqilib, ularning 81 foizi iste’molchilar foydasiga qanoatlantirilishi ta’minlangan. Birgina, iste’molchilarga nuqsonli tovarlar sotilishi bo‘yicha kelib tushgan murojaatlarni o‘rganib chiqish natijasida 15 ming 645 ta mahsulotda jami 4,5 milliard so‘mlik nuqsonlar aniqlangan. Shundan, 675 ta mahsulotdagi 1,7 milliard so‘mlik nuqsonlar sotuvchi tomonidan bartaraf etilgan va 3,8 milliard so‘mlik jami 14 ming 970 ta nuqsonli mahsulotlar sotuvchi tomonidan almashtirib berilgan.  

Iste’molchilarning nomuayyan doiradagi huquqlarni himoya qilish bo‘yicha o‘tkazilgan o‘rganishlarga asosan, jami 3 million 259 ming nafar iste’molchiga 75 milliard 600,6 million so‘m zarar yetkazilgani aniqlanib, 2 million 133 ming  nafar aholining qonuniy huquqi tiklangan.  

Ichki bozorlarda sifatsiz va normativ hujjatlar talablariga javob bermaydigan mahsulotlardan iste’molchilarni himoya qilish maqsadida chakana savdo ob’ektlarida 242 nomdagi (50 turdagi) mahsulotlarning nazorat xaridi amalga oshirilgan, 51 nomdagi (12 turdagi) mahsulotlar belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlangan va tegishli choralar ko‘rilgan.  

Reklamalarning joylashtirilishi va tarqatilishi bo‘yicha o‘tkazilgan 66 ming 303 ta monitoringning 19 ming 425 tasida turli kamchiliklar aniqlanib, ularni tezkor bartaraf etish choralari ko‘rilgan.  

O‘tgan davr mobaynida keng qamrovli ishlar amalga oshirilgan bo‘lsada, bu sohaning mamlakatimizda olib borilayotgan davlat siyosatidagi hamda xalqimiz turmush darajasidagi ahamiyatini inobatga olib, O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi va uning huzuridagi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasiga aylantirildi.  

Bu o‘z navbatida qo‘mitaga katta ishonch va mas’uliyatni yuklashi bilan birga, oldimizga qo‘yilgan vazifalarni sidqidildan, og‘ishmay bajarishga zamin bo‘ladi, albatta.  

O‘tkazilgan o‘rganishlar va iste’molchilardan kelib tushayotgan murojaatlar tahlili iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasida juda ko‘p ishlarni amalga oshirishimiz lozimligini ko‘rsatmoqda. Jumladan, onlayn xaridlardagi mahsulotlarning sifati bilan bog‘liq masalalar, moliyaviy xizmatlar sohasida iste’molchilarga noto‘g‘ri ma’lumot berish, tushunarsiz taklif va ofertalardan foydalanish orqali zarar yetkazish, mahsulotlarning sifat va xavfsizlik ko‘rsatkichlari bo‘yicha talablarga amal qilinmagani, reklama iste’molchilarini chalg‘itish hamda boshqa shu kabi muammo va yechimini topishimiz lozim bo‘lgan masalalar mavjud.   

Sevara TO‘LAGANOVA,

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya

qilish qo‘mitasi Axborot xizmati mas’ul xodimi

O‘zA 

Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish: amalga oshirilgan ishlar va ustuvor vazifalar