Iste’molchi huquqi qonun himoyasida
Prezidentimiz rahnamoligida iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish, fuqarolarda iste’mol madaniyatini yuksaltirishga doimiy e’tibor qaratilmoqda. O‘zbekiston Respublikasining “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonuni bu borada muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qilayotir.
Prezidentimiz rahnamoligida iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish, fuqarolarda iste’mol madaniyatini yuksaltirishga doimiy e’tibor qaratilmoqda. O‘zbekiston Respublikasining “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonuni bu borada muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qilayotir.Savdo va xizmat ko‘rsatish sohalari hamda fuqarolar o‘rtasidagi munosabatlarni huquqiy tartibga solish jarayonida O‘zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi va uning hududiy birlashmalari faol ishtirok etmoqda.
O‘zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Andijon viloyati hududiy birlashmasi tashabbusi bilan “Iste’molchi manfaati hamisha ustuvor” mavzusida o‘tkazilgan matbuot anjumanida shular xususida so‘z yuritildi.
O‘zbekiston Respublikasining “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonuni mazmun-mohiyatini aholi o‘rtasida keng targ‘ib qilish hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 28-noyabrdagi “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilishda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi.
– Birlashmamiz tasarrufida 16 tuman va shahar jamiyatlari faoliyat ko‘rsatmoqda, – deydi O‘zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Andijon viloyati hududiy birlashmasi raisi Ergashboy Qurbonov. – 2015-yilda birlashma va uning bo‘limlariga xo‘jalik subyektlari va fuqarolardan 400 dan ortiq ariza va shikoyat kelib tushdi. Barcha murojaatlar mutaxassislar tomonidan o‘rganilib, iste’molchi huquqi buzilgan deb topilgan holatlar bo‘yicha iste’molchilarga 108 million so‘mdan ortiq mablag‘ undirib berildi.
Seminarda iste’molchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, bu borada jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, aholining iste’mol madaniyatini yuksaltirish, bu yo‘nalishdagi ishlar samaradorligini yanada oshirish yuzasidan fikr almashildi.
Tadbirda jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob qaytarildi.