Issiqxona sotuvga qo‘yildi
MIB organlari tomonidan tadbirkorlik sub’ektlari foydasiga undiruv bilan bog‘liq sud hujjatlari ijrosi ta’minlanib, bu borada muayyan ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, Byuroning Shirin shahar bo‘limi ish yurituviga Oqoltin tumanlararo iqtisodiy sudining 14.06.2022 yildagi da’vogar “Sirdaryo issiqlik elektr stansiyasi” AJ manfaatida qo‘shimcha javobgar Shirin shahrida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan “Musaffo zamin agro” MCHJdan jami 1 milliard 339,5 million so‘m qarzdorlik undirish to‘g‘risida 23.09.2022 yilda ijro varaqa kelib tushgan.
Ijro harakatlari davomida, qarzdor “Musaffo zamin agro” MCHJ tomonidan qarzdorlik qoplanmaganligi sababli O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunning 56 va 86-moddalari hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda mol-mulkni realizatsiya qilish bo‘yicha elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom talablariga asosan qarzdorga tegishli bo‘lgan Shirin shahrida joylashgan issiqxona binosi boshlang‘ich bahosi 7 milliard 309,4 million so‘mga baholanib, “E-IJRO AUKSION” savdoga chiqarilishi ta’minlandi.


Ma’lumot o‘rnida, “E-IJRO AUKSION” savdosida mazkur issiqxona bino inshooti joriy yilning 24 yanvar kuni o‘tkazilishi belgilangan.
Sh.Suyarov, O‘zA.