Isroilda karantin cheklovlari yumshatilmoqda
16 martdan boshlab Isroil barcha mamlakatlar bilan ikki tomonlama aviaparvozlarni tiklaydi.
Mamlakat tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmatining Telegram orqali ma’lum qilishicha, bugungi sanadan boshlab Isroilga keluvchi va undan uchuvchi samolyotlarning miqdoriga qo‘yilgan taqiq bekor qilinadi.
Mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligi aholining salomatligiga tahdid tug‘diruvchi har qanday yo‘nalishni bekor qilish bo‘yicha huquqini saqlab qoladi. Avvalroq ommaviy vaksinatsiya tadbirlari o‘tkazilishi tufayli Isroil koronavirusga oid cheklovlarni yumshatgandi.