Isroil va Gʻazo raketa zarbalari berdi
Isroil va Gʻazo sektori hududdagi maxsus operatsiya chogʻida yuz bergan otishma oqibatida bir-biriga raketa zarbalari yoʻllagan
Isroil va Gʻazo sektori hududdagi maxsus operatsiya chogʻida yuz bergan otishma oqibatida bir-biriga raketa zarbalari yoʻllagan.
Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.
Ushbu ziddiyat tufayli Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Fransiyaga safarini muddatidan avval tugatib qaytib kelgan. U Birinchi jahon urushi yakunlanganiga 100 yil toʻlishi munosabati bilan Parijda oʻtayotgan marosimlarda ishtirok etayotgan edi.
Nizoning kuchayishi sabablari
Isroil harbiylari Gʻazo mintaqasida falastinlik jangarilar bilan otishmadan soʻng maxsus amaliyot oʻtkazgan. Oqibatda Isroil zobiti va olti falastinlik halok boʻlgan. Mahalliy OAV maʼlumotiga koʻra, ular orasida HAMASning yuqori lavozimli jangarilari bor.
Falastinliklarning soʻzlariga koʻra, isroillik harbiylar Gʻazo sektori janubiga 11 noyabr kuni kechqurun bostirib kirgan. Hujum oqibatida HAMAS qoʻmondonlaridan biri Nuriddin Barak halok boʻlgan, yana bir necha falastin halok boʻlgani aytilmoqda.
Falastinning SAFA agentligi xabar qilishicha, “Islom jihodi” tashkilotining “Saroy al-Quds” harbiylashgan guruhi umumiy safarbarlik eʼlon qilgan.
Koʻp oʻtmay Isroil janubida havo trevogasi yangrab, mahalliy aholini Gʻazo sektoridan boʻladigan reketa hujumlari haqida ogohlantirgan.
Gʻazo sektoridan hujum
Isroil harbiylari yakshanba kuni kechqurun oʻz hududidan 200 ta raketani uchirgan. Havo hujumidan mudofaa tizimi ulardan 60 ga yaqinini tutib qolishga muvaffaq boʻlgan.
Falastinliklarning yangi hujumlaridan choʻchib, Isroil qoʻshinlari bir qator ehtiyot choralarini koʻrgan. Jumladan, Gʻazo chegarasidagi Ashkelon va Sderot shaharlari oʻrtasida yoʻlovchi poyezdlari qatnovini toʻxtatgan.
Dushanba kuni kechqurun isroil avtobusi hujumga uchragan. Bir yoʻlovchi mina parchasidan ogʻir yaralangan.
Javob zarbalari
Isroil aviatsiyasi falastinlik jangarilarning raketa hujumiga javoban Gʻazo sektoriga zarbalar berdi.
Harbiylar havo hujumlari butun Gʻazo mintaqasi boʻylab “terrorchilik nishonlari”ga yoʻllanganini aytmoqda.
Isroil armiyasi matbuot xizmatining xabariga koʻra, 20 dan ziyod obyektga yer va havodan hujum qilingan, ular orasida HAMAS va “Islom jihodi”ning jangovar qanoti obyektlari ham bor.
Falastinlik shifokorlar xabar qilishicha, uch kishi halok boʻlgan.