Isroil G‘arbiy Sohil bo‘ylab nazoratni kuchaytirdimi?
Sionistik rejim kuchlari G‘arbiy Sohilda falastinliklarga qarshi zo‘ravonlik harakatini kuchaytirib, bosib olingan hududlardagi shahar va qishloqlarga tez-tez hujum uyushtirmoqda, deb yozdi “IRNA news”.
Xususan, manba Isroilning Salfit shahri shimoli-g‘arbida joylashgan Dayr Istiyada sodir bo‘lgan holat haqida bergan ma’lumotga ko‘ra, harbiylar aholi uylariga bostirib kirib, o‘nlab odamlarni hibsga olgan va noma’lum manzilga olib ketgan.
Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari falastinliklarning qo‘llari bog‘langan, qo‘shin qurshovida qolgan holati aks etgan video lavhalarni tarqatdi.
Isroil askarlari va ko‘chmanchilar so‘nggi 15 oy ichida uyushtirgan hujumlar oqibatida kamida 847 mahalliy aholi vakili halok bo‘ldi, 6700 ga yaqin odam jarohat oldi. G‘arbiy Sohilda 14 300 falastinlik hibsga olindi.