Isroil – Falastin urushi qachon tugaydi?
Isroil urush vaziri Isroil Kats Falastinga keskin murojaat yo‘lladi. Shu yo‘l bilan sionist asirlarni ozod qilish va rejim nishonlariga qarata raketa otishni to‘xtatish talab etilib, aks holda G‘azodagi qolgan uylar ham to‘pga tutilishi, odamlar shafqatsiz o‘ldirilishi bilan tahdid qilingan.
– G‘azo har qachongidan-da kuchliroq, misli ko‘rilmagan bombardimonga duch keladi, – dedi amaldor.
Yoav Galant ishdan bo‘shatilishi ortidan ushbu lavozimga saylangan Kats mamlakat siyosatini izchil davom ettirmoqda. Ayni payt Prezident Isxak Gersog alohida bayonotida asirlarni zudlik bilan qaytarish zarurligini ta’kidlab, G‘azodagi harbiy amaliyot muvaffaqiyatsizligidan xavotir bildirdi.