Isroil: Eron harbiy rahbariyati yo‘q qilingani ehtimoli kuchli
Isroil hujumi natijasida Eron harbiy rahbariyati, jumladan Bosh shtab boshlig‘i, shuningdek yetakchi yadro olimlari halok bo‘lgani ehtimoli bor, deya xabar tarqatdi Isroilning “Ynet” portali ushbu mamlakat xavfsizlik xizmatidagi manbaga tayanib.
Avvalroq Isroil armiyasi Erondagi yadroviy dastur va harbiy ob’ektlar bilan bog‘liq o‘nlab nishonlarga zarba bergani ma’lum qilingandi.
Eron ommaviy axborot vositalari va Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi manbalari tasdiqlashicha, Qurolli kuchlar shtabi boshlig‘i Bag‘iriy ham hayotdan ko‘z yumgan.
So‘nggi xabarlarga ko‘ra, Islom Respublikasi Oliy rahbari Humanaiy buyrug‘iga ko‘ra, Habibulloh Sayyoriy Qurolli kuchlar shtabi boshlig‘i, sobiq ichki ishlar vaziri Vohidiy esa Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi bosh qo‘mondoni etib tayinlangan.