Isroil askarlari shaxsini sir tutmoqchi
Braziliya sudi mamlakatga kelgan isroillik askarga qarshi urush jinoyati ayblovini tekshirish bo‘yicha ko‘rsatma bergach, Isroil armiyasi o‘z a’zolari uchun yangi qoida joriy qildi.
Kecha e’lon qilingan buyruqqa ko‘ra, harbiylarning aksariyati - faol va zaxiradagi askarlarning ismi va yuzi yashirin bo‘lishi talab etiladi. Bu haqda CNN yozgan.
Bu qaror Janubiy Amerika davlatida sudi ko‘rib chiqayotgan sobiq isroillik askarning G‘azodagi urush jinoyatiga aloqadorligiga oid iddaolarni tekshirish buyrug‘i berilgandan so‘ng qabul qilindi.
Braziliyadan Isroilga qochib kelgan mazkur gumonlanuvchidan olingan audio intervyu davomida u "minglab bolalarni o‘ldirish"da ayblanganini aytgan.
Isroil Mudofaa kuchlari ma’lumotiga ko‘ra, endi polkovnik va oddiy harbiy xizmatchilarni faqat orqadan, yuzi xiralashtirilgan holda suratga olish, murojaat qilishda faqat ismining birinchi harfidan foydalanish mumkin.
Chet el fuqaroligiga ega harbiy xizmatchilar jangovar yoki oddiy holatda yuzini yashirishi kerak, suhbatda ularning to‘liq ismi oshkor qilinmaydi.
Musulmon Ziyo, O‘zA