Ispaniya terma jamoasi XXI asr rekordini o‘rnatdi
JCH–2026 finalidagi yagona gol qo‘shimcha bo‘limning 106-daqiqasida Ferran Torres tomonidan kiritildi.
Ispaniya terma jamoasi JCH–2026 finalida Argentina ustidan qo‘shimcha bo‘limlarda 1:0 hisobida g‘alaba qozonib, o‘z tarixida ikkinchi bor jahon chempioniga aylandi.
Shu tariqa, Ispaniya XXI asrda Jahon chempionatida ikki marta g‘olib chiqqan yagona terma jamoaga aylandi. “Qizil furiya” bungacha 2010-yilda ham mundial bosh sovrinini qo‘lga kiritgan edi.
XXI asrda qolgan chempionlar esa quyidagicha:
Braziliya — 2002;
Italiya — 2006;
Ispaniya — 2010 va 2026;
Germaniya — 2014;
Fransiya — 2018;
Argentina — 2022.
JCH–2026 finalidagi yagona gol qo‘shimcha bo‘limning 106-daqiqasida Ferran Torres tomonidan kiritildi.
Shu tariqa, Argentina amaldagi jahon chempioni maqomini topshirdi va turnirni kumush medallar bilan yakunladi.