Ispaniya bosh vaziri muhim qarorga imzo chekdi
Ispaniya bosh vaziri Pedro Sanches navbatdan tashqari umumxalq saylovlari oʻtkazilishi oldidan parlamentning ikkala palatasini tarqatib yuborish haqidagi qarorga imzo chekdi.
Ispaniya bosh vaziri Pedro Sanches navbatdan tashqari umumxalq saylovlari oʻtkazilishi oldidan parlamentning ikkala palatasini tarqatib yuborish haqidagi qarorga imzo chekdi.
Periodico gazetasi xabarida aytilishicha, parlamentni tarqatib yuborish boʻyicha qaror qirol Filipe VI tomonidan tasdiqlanib, bugundan maʼlum qilinadi va kuchga kiradi. Aytish joizki, fevralning oʻrtalarida Sanches 28 aprelda navbatdan tashqari saylovlar boʻlishini eʼlon qilgandi.