Ishtirokchilar 5 ming metrlik marrani zabt etdi
FOTOREPORTAJ
Termiz sharhida «Yoshlar kuni» hamda «Xalqaro olimpiya qo‘mitasi kuni»ga bag‘ishlangan BYD «Yangi Nafas» ommaviy yugurish musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
Viloyat hokimligi va sport boshqarmasi hamkorligida o‘tkazilgan musobaqada 4 ming nafarga yaqin ishchi xodim, talaba, o‘quvchi-yoshlar va harbiylar ishtirok etdi.
[gallery-18069]
Besh ming metr masofagacha bo‘lgan marraga erkaklar o‘rtasida Sharofiddin Xolmirzayev birinchi bo‘lib yetib keldi. Keyingi o‘rinlarni Otabek Fayzullayev va Nuriddin Rahmatov qo‘lga kiritdi.
Xotin-qizlar o‘rtasidagi bahslarda Munavvar Xolto‘rayeva birinchi, Charos Jo‘rayeva ikkinchi, Zuhra Norboyeva uchinchi o‘rinni egalladi. Shuningdek, musobaqada turli nominatsiyalar bo‘yicha ham g‘oliblar aniqlandi.
G‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Jonibek QO‘ZIMURODOV(surat),O‘zA