Iroqda raketa hujumi sodir etildi
Dushanba kuni Iroqning Kurdiston mintaqasidagi Irbil xalqaro aeroporti yaqinida raketa hujumi uyushtirilishi AQSHni "g‘azablantirmoqda", dedi Davlat kotibi Antoni Blinken.
Ma’lum bo‘lishicha, bir nafar fuqaro voqea qurboni bo‘lgan va yana bir necha kishi jarohat olgan. Ular orasida amerikalik harbiy xizmatchilar ham bor.
"Biz vafot etgan fuqaroning yaqinlariga, shafqatsizlikka duchor bo‘layotgan begunoh Iroq xalqi vakillariga, ularning oila a’zolariga hamdardlik bildiramiz", deyilgan Blinkenning bayonotida.
Kurdlar tasarrufidagi yarim avtonom mintaqada joylashgan aeroport va AQSH qo‘shinlari joylashgan baza orasida uchta raketa uchirildi.
AQSH boshchiligidagi koalitsiya vakili so‘zlariga ko‘ra, o‘ldirilgan odam yollanma pudratchi bo‘lgan. Hozircha uning shaxsi oshkor qilinmayapti.
Kurdiston Ichki ishlar vazirligi bayonotida ham dastlabki tekshiruv asosida bir necha kishi tan jarohati olgani aniqlangani aytilgan. Tergov jarayoni davom etmoqda.