Iroqda JCh-2026 yo‘llanmasi munosabati bilan ikki kunlik dam olish e’lon qilindi
Iroq hukumati milliy terma jamoaning 2026-yilgi jahon chempionati final bosqichiga yo‘llanma olgani munosabati bilan 1 va 2-aprel kunlarini dam olish kuni deb e’lon qildi, deya xabar bermoqda INA agentligi.
Tegishli farmoyishni respublika bosh vaziri Muhammad as-Sudaniy imzoladi.
Iroq terma jamoasi Boliviya jamoasini (2:1) mag‘lub etib, JCh-2026 ning so‘nggi ishtirokchisiga aylandi.
Jamoa "I" guruhida Fransiya, Senegal va Norvegiya bilan o‘ynaydi. Iroq terma jamoasi o‘z tarixida ikkinchi bor jahon chempionatida ishtirok etadi. Jamoa ilk bor 1986-yilgi turnirda qatnashgan va guruh bosqichida so‘nggi o‘rinni egallagan edi.
Eslatib o‘tamiz, jahon chempionati 11-iyundan 19-iyulga qadar AQSH, Meksika va Kanada hududlarida bo‘lib o‘tadi. Turnirning final bosqichida ilk bor 48 ta jamoa ishtirok etadi.