Ipotekabank: murojaatlarning aksariyati joyida hal etildi
“Ipotekabank” ATIB Bosh ofisida tadbirkorlik sub’ektlari va yuridik shaxslar vakillari bilan muloqot qilish, murojaatlar bilan ishlashda shaffoflikni ta’minlash maqsadida Boshqaruvi Raisi o‘rinbosari videokonferensaloqa tizimi orqali sayyor qabul o‘tkazdi.
Tadbirda aholi, tadbirkorlik sub’ektlari va yuridik shaxslar vakillari tomonidan turli takliflar, shuningdek o‘zlarini qiziqtirgan masalalar va bank bilan bog‘liq muammolarining yechimi yuzasidan murojaatlar muhokama qilindi.
Muhokama so‘nggida bank rahbariyati, tegishli blok, departament va hududiy filiallar rahbarlari tomonidan mazkur qabulda ko‘rib chiqilgan ko‘plab masalalar joyida hal qilindi. Qo‘shimcha vaqt talab qiladigan murojaatlar ro‘yxatga olindi. Ko‘rib chiqilishi hamda natijasi to‘g‘risida murojaatchilarga javob xatlari yuborilishi ma’lum qilindi.
“Ipotekabank” ATIB
Matbuot xizmati
Reklama huquqi asosida