Ipak qurti parvarishlash jarayonlari ko‘zdan kechirildi
Ma’lumki, respublikamiz bo‘ylab bahorgi pilla yetishtirish mavsumi boshlangan bo‘lib, pillakorlarimiz zavq bilan ipak qurti parvarishlashga kirishgan.
Xususan, Qashqadaryo viloyati Kosonsoy tuman Ishchi guruhi tumandagi fermer xo‘jaliklari tomonidan ipak qurti boqilayotgan xonadonlarda bo‘lib, ipak qurti parvarishlash jarayonlarini ko‘zdan kechirdi.


Kosonsoy tumani pillakorlari joriy yilda 3 ming 247 quti ipak qurti parvarishlab, 209 tonnadan ziyodroq hosil olish uchun mehnat qilmoqdalar.


O‘rganish jarayonida qurt boquvchi xotin-qizlar bilan suhbatlar olib borildi. Bu yilgi ipak qurti o‘tgan yilgi ipak qurtlaridan o‘zgachaligi, bargni kam iste’mol qilishi haqida to‘xtalib o‘tildi.
Ipak qurti parvarishlayotgan xotin-qizlar bugungi kunda pillakorlarga yaratilayotgan shart-sharoitlardan mamnun ekanliklarini ta’kidlab o‘tdi.
Gulnoza Boboyeva, O‘zA