Intensiv bog‘lar barakasi
FOTOREPORTAJ
Namangan viloyati Chortoq tumanida yetishtirilayotgan shaftoli hosili yuqori sifati, xushta’mligi va bozorgirligi bilan ajralib turib, nafaqat ichki bozor, balki tashqi bozorlarda ham xaridorgir mahsulotga aylanmoqda.
Bugungi kunda tumandagi fermer va dehqon xo‘jaliklarida yetishtirilayotgan sara shaftoli hosili xorijiy davlatlarga eksport qilinib, mahalliy bog‘dorchilik sohasining eksport salohiyatini oshirishga xizmat qilmoqda.
So‘nggi yillarda intensiv bog‘larni barpo etish, serhosil navlarni ekish va ilg‘or agrotexnologiyalarni joriy etish natijasida hosildorlik hamda mahsulot sifati sezilarli darajada oshdi. Bu esa eksport hajmini ko‘paytirish, yangi bozorlarni o‘zlashtirish va aholi bandligini ta’minlash imkonini bermoqda.
[gallery-29856]
— Turkiya va Italiya tajribasi asosida intensiv bog‘lar tashkil etdik, - deydi “To‘rg‘unboy Jo‘raboy Munavvar” ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligi rahbari Husanboy Usmonov. — Zamonaviy texnologiyalar va yuqori hosildor navlar hisobiga yetishtirilayotgan mahsulotlarimiz xalqaro standartlar talablariga javob bermoqda. Shuningdek, Chortoq shaftolisi xorijlik iste’molchilar tomonidan ham yuqori baholanmoqda.
Ta’kidlash joizki, hududda bog‘dorchilikni rivojlantirish, mahsulot yetishtirish va eksport qilish zanjirini takomillashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar mahalliy mahsulotlarning raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qilmoqda.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA