“INTEGRO RENTAL BUSINESS”MCHJ QK rasmiy xabari
Mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi “INTEGRO RENTAL BUSINESS” qo‘shma korxonasi (INN –303791423) barcha kontragentlariga 2024 yil 30 iyulida jamiyat ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishida IRB-2-sonli protokol qarori qabul qilinib, unga ko‘ra, “INTEGRO RENTAL BUSINESS” MCHJ QK “INTEGRO PRIME BUSINESS” MCHJ QK (INN –304669073)ga qo‘shilish yo‘li bilan qayta tashkil etilayotgani to‘g‘risida ma’lum qiladi.
O‘zbekiston Respublikasining “Mas’uliyati cheklangan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida”gi qonunning 51 moddasiga muvofiq, qayta tashkil etish natijasida “INTEGRO PRIME BUSINESS” MCHJ QK “INTEGRO RENTAL BUSINESS” MCHJ QKning barcha huquq va majburiyatlari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi.
Shu tariqa, “INTEGRO RENTAL BUSINESS” MCHJ QK kontragentlar o‘zlarining keyingi talablarini Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Bunyodkor shoh ko‘chasi 52-uy manzilida joylashgan “INTEGRO PRIME BUSINESS” MCHJ QKga bildirishlari mumkinligini ma’lum qiladi. Tel: (99871) 276-93-74.
Muassasamiz bilan hamkorlik qilishda mazkur ma’lumotlarni hisobga olishingizni so‘rab qolamiz.