Institutda bir guruh jurnalistlar taqdirlandi
Urganch davlat pedagogika institutida 2024-2025 o‘quv yili uchun qabul masalalari bo‘yicha matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Anjuman davomida institut rektori Feruza Madrahimova va prorektorlar tomonidan olib borilayotgan faoliyat yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.

Qayd etilganidek, 2024-2025 o‘quv yili bo‘yicha Urganch davlat pedagogika institutiga 19 ta bakalavriat kunduzgi yo‘nalish, 9 ta bakalavriat sirtqi yo‘nalish, 11 ta magistratura bosqichi yo‘nalishlari va 2025 yil yanvar oyidan 7 ta ixtisoslashgan yo‘nalish bo‘yicha 14 ta tayanch doktoranturaga kvotalar ajratilgan.

Anjuman so‘ngida 27 iyun – Matbuot va OAV xodimlari kuni munosabati bilan yaqindan hamkorlik qilayotgan bir guruh jurnalist va blogerlar taqdirlandi.
Gulnoza Boboyeva, O‘zA