Inson sog‘lom bo‘lsa, ishida ham unum bo‘ladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 oktyabrdagi «Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoni ijrosini ta’minlash hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, xodimlarning jismoniy faolligi orqali mehnat unumdorligi va ish faoliyatining samaradorligini oshirish maqsadida Davlat xizmatlari agentligi Xorazm viloyat boshqarmasi tomonidan sport musobaqalari tashkil qilinmoqda.
Bu gal Davlat xizmatlari agentligi viloyat boshqarmasi, tuman (shahar) Davlat xizmatlari markazlari, viloyat adliya boshqarmasi va tuman (shahar) adliya bo‘limi xodimlari ishtirokida sportning minifutbol turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.
Musobaqa finalida Davlat xizmatlari agentligi viloyat boshqarmasi jamoasi viloyat adliya boshqarmasi jamoasi darvozasiga g‘alaba to‘pini kiritib, musobaqa kubogini qo‘lga kiritdi.
bugungi musobaqa orqali hamkasblar bilan sog‘lom raqobatda bellashdik. Sport – insonning ruhan va jismonan yetuk bo‘lishida katta ahamiyat kasb etadi. Biz nafaqat aqlan, balki qalban, fikran va jismonan sog‘lom bo‘lishimiz kerak. Agar inson sog‘lom bo‘lsa, ishida ham unum bo‘ladi –deydi Davlat xizmatlari agentligi viloyat boshqarmasi bosh maslahatchisi T.Bektemirov.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, o‘tkazilayotgan bu kabi sport musobaqalari, xodimlar salomatligini mustahkamlashda, ularning mehnat samaradorligini oshirishda hamda idoralararo hamkorlikni nafaqat ish faoliyati bo‘yicha balki sport sohasida ham yo‘lga qo‘yishda muhim ahamiyat kasb etadi.