Ingliz tilini o‘qitish takomillashmoqda
Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahridagi 40-umumta’lim maktabida Prezidentimizning 2012-yil 10-dekabrdagi “Chet tillarni o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida xorijiy tillarni o‘qitish samaradorligiga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahridagi 40-umumta’lim maktabida Prezidentimizning 2012-yil 10-dekabrdagi “Chet tillarni o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida xorijiy tillarni o‘qitish samaradorligiga alohida e’tibor qaratilmoqda.Maktabning ingliz tili xonalari komputer, videoproyektor, televizor, DVD pleyer va boshqa ko‘rgazmali qurollar bilan jihozlangan. Boshlang‘ich sinflarda mashg‘ulotlar asosan og‘zaki nutq, qiziqarli o‘yin va savol-javoblar tarzida o‘tiladi. Darsdan tashqari tashkil etilgan to‘garak mashg‘ulotlarida o‘quvchilar bilim va ko‘nikmasini yanada mustahakamlamoqda.