Ingliz tili o‘qituvchilari tajriba almashdi
FOTOREPORTAJ
Urganch davlat universiteti Xorijiy filologiya fakultetining “Ingliz tili va adabiyoti” kafedrasi tomonidan Britaniya Kengashining “Accelerating English Language Learning in Central Asia (AELLCA)” – Markaziy Osiyoda ingliz tilini o‘qitishni rivojlantirish loyihasi doirasida Buyuk Britaniyaning Ulster universiteti hamda Qozog‘iston Respublikasining A. Boytursunov nomidagi Kostanay davlat universiteti bilan hamkorlikda ingliz tili o‘qituvchilarining malakasini oshirishga qaratilgan vebinar bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv ingliz tilini o‘qitishning yangi usullar, shuningdek, o‘qituvchilarning pedagogik mahoratini oshirish masalalariga bag‘ishlandi. Vebinarda viloyatning ingliz tili o‘qituvchilari faol ishtirok etib, o‘zaro tajriba almashish imkoniga ega bo‘ldi. Shuningdek, ular ingliz tilini o‘rgatish samarasini oshirishga qaratilgan innovatsion yondashuvlar bilan tanishdi.
[gallery-21231]
Behzodbek SAIDOV (surat), O‘zA