Indoneziyada vertolyot qulab tushdi
Indoneziyaning Lombok orolida sayyohlik vertolyoti qulab tushdi. Jakarta Post gazetasining hodisa boʻyicha xabarida aytilishicha, halokat oroldagi xalqaro aeroportdan unchalik uzoq boʻlmagan hududda sodir boʻlgan.

Maʼlum boʻlishicha, 500 metr balandlikda dvigateli ishlamay qolishi tufayli vertolyot halokatli qoʻnishni amalga oshirishga majbur boʻlgan. Jarohatlanganlar 4 kishi – Buyuk Britaniya, Germaniya va chililik sayyohlar, shuningdek, vertolyot uchuvchisi shifoxonaga yotqizilgan.