Indoneziya Prezidenti Putinga Zelenskiydan maktub olib keldi
Ukraina yetakchisi Vladimir Zelenskiy Indoneziya Prezidenti Joko Vidodo orqali Rossiya Prezidenti Vladimir Putinga maktub yo‘lladi, deb xabar tarqatdi Kreml matbuot xizmati.
Vidodo avvalgi kun Kiyevda muzokara o‘tkazib, kecha Moskvaga yetib keldi.
“Prezident Zelenskiyning murojaatini Putinga yetkazdim”, dedi Indoneziya rahbari. Shuningdek, u ikki yetakchi o‘rtasida muloqot o‘rnatishga tayyor ekanini bildirdi.
Vidodoning ta’kidlashicha, “vaziyat hali juda murakkab, biroq muammoni tinch yo‘l bilan hal qilish uchun imkon bor va muloqotni boshlash zarur”.