Imzo yig‘ish jarayoni qizg‘in davom etmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi hamda mahalliy Kengashlar deputatlari saylovlari Konstitutsiyamizda belgilab berilgan mutlaqo yangi ijtimoiy-siyosiy muhitda o‘tkazilayotgani bilan alohida ahamiyat kasb etadi.
Ayni kunlarda respublikamizda saylov kampaniyasining muhim tadbirlaridan biri - imzo yig‘ish jarayoni qizg‘in bormoqda. O‘zbekiston «Adolat» SDP Sirdaryo viloyat Kengashi tomonidan ham joylarda aniq reja asosida tashkil etilayotgan tadbirlar partiyaga xayrixoh bo‘lgan ko‘ngilli fuqarolarimizning faolligi bilan o‘tmoqda.
Ana shunday imzo yig‘ish tadbiri Guliston shahar tibbiyot birlashmasida ham ko‘tarinki ruhda tashkil etildi. Partiya elektoratining salmoqli qismi qismi hisoblangan tibbiyot xodimlari “Adolat” SDPni qo‘llab-quvvatlab, xayrixohlik ko‘rsatdilar.
[gallery-18684]
Shahriyor ORTIQBOEV (surat), O‘zA