Imom Buxoriy maʼrifatga yetaklaydi
21-iyul kuni Imom Buxoriy xalqaro ilmiy tadqiqot markazi hamda Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi hamkorligida “Imom Buxoriy maʼnaviy merosining bugungi kundagi ahamiyati” mavzuida onlayn seminar tashkil etildi.
21-iyul kuni Imom Buxoriy xalqaro ilmiy tadqiqot markazi hamda Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi hamkorligida “Imom Buxoriy maʼnaviy merosining bugungi kundagi ahamiyati” mavzuida onlayn seminar tashkil etildi.
Islom olamining yetuk allomasi, buyuk vatandoshimiz tavalludining 1210-yilligi munosabati bilan oʻtkazilgan tadbirda olimlar, soha mutaxassislari, Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazining viloyatlardagi boʻlimlari vakillari, yosh tadqiqotchilar ishtirok etdi.
Markaz rahbari Sh.Ziyodov bugungi kunda “Jaholatga qarshi maʼrifat” gʻoyasi asosida olib borilayotgan maʼnaviy targʻibot ishlarida buyuk muhaddis ilmiy merosi muhim ahamiyat kasb etishini taʼkidladi. Seminar qatnashchilari ham keyingi yillarda alloma asarlarini oʻrganish va tadqiq etish borasida amaliy saʼy-harakatlar tufayli bu maʼnaviy merosining yangi qirralari ochilayotganini qayd etdilar.
– Birgina markazimiz tomonidan keyingi ikki yilda buyuk muhaddislar va zaminimizdan yetishib chiqqan allomalar hayoti va faoliyati, ular asarlari bilan bogʻliq 50 ga yaqin risola va kitoblar nashr etildi – deydi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori oʻrinbosari O.Muhammadiyev. – Bu oʻrinda “Imom Buxoriy”, “Imom Buxoriy – muhaddislar sultoni”, “Imom Buxoriy taʼrifi”, “Sulosiyotul Buxoriy”, “Birrul volidayn”, “Odobing oftobing” singari kitoblarni alohida qayd etishimiz lozim. Bu asarlarning har biri xalqimizni faqat ezgulikka, maʼrifatga chorlaydi. Buyuk muhaddis merosidan koʻproq bahramand boʻlishimizga xizmat qiladi.
Seminarda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida alloma merosini oʻrganish va xalqimiz hamda keng jamoatchilikka yetkazish yoʻlida olib borilayotgan ishlar, nashr etilgan kitob va risolalar haqida maʼlumot berildi.