Imkoniyat, izlanish va samara
Namangan shahridagi “Namangan qurilish ta’mirlash servis” mas’uliyati cheklangan jamiyatida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifati va arzonligi bilan xaridorlarga manzur bo‘lmoqda.
Namangan shahridagi “Namangan qurilish ta’mirlash servis” mas’uliyati cheklangan jamiyatida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifati va arzonligi bilan xaridorlarga manzur bo‘lmoqda.Prezidentimiz rahnamoligida mamlakatimizda qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, ularning faoliyatini rag‘batlantirishga qaratilayotgan alohida e’tibor o‘z samaralarini bermoqda.
Yosh tadbirkor Tolibjon Muhammadiyev ana shunday keng sharoit va imkoniyatlardan unumli foydalanib, o‘z korxonasini tashkil etdi. U rahbarlik qilayotgan “Namangan qurilish ta’mirlash servis” mas’uliyati cheklangan jamiyatida 15 nafar o‘g‘il-qiz mehnat qilmoqda. Yosh mehnat jamoasi tayyorlayotgan quruq qorishmalar, travetin, bo‘yoq, emulsiya, lok, yelim, buyoq erituvchi suyuqliklar kabi 30 dan ziyod turdagi qurilish-pardozlash mahsulotlaridan, namunaviy loyihalar asosida barpo etilayotgan uy-joylar qurilishida keng foydalanilmoqda.
– O‘tgan yili uch milliard so‘mlikka yaqin mahsulot ishlab chiqardik, – deydi Tolibjon Muhammadiyev. – Bu yil “Qishloq qurilish invest” ixtisoslashtirilgan injiniring kompaniyasi bilan 1 milliard 250 million so‘mlik mahsulot yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzoladik. Ishlab chiqarish hajmini o‘tgan yilga nisbatan ikki barobar ko‘paytirib, yil oxiriga qadar 6 milliard so‘mlik mahsulotni hamkorlarga yetkazib berishni maqsad qilganmiz. El-yurtga naf keltirayotganimiz, xalqimiz farovonligi yuksalishiga hissa qo‘shayotganimizdan xursandmiz. Kelgusida eksportni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirganmiz.