Ilmiy fantastikaning epik ildizlari
Ma’suma Qosimjon qizi OBIDJONOVA dotsent Filologiya fanlari bo’yicha (PhD) falsafa doktori Alisher Navoiy nomidagi o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Toshkent, O‘zbekiston e-mail: obidjonovamasuma001@gmail.com ORCID ID: 0009-0002-0280-8305
Annotatsiya
Maqolada ilmiy fantastika janrining genezisi qiyosiy adabiyotshunoslik nuqtai nazaridan tahlil qilinib, ilmiy fantastika epik dostonlarda shakllangan tasvir usullari bilan bog‘liq holda talqin etiladi. O‘zbek xalq dostonlari (“Kuntug‘mish” va “Alpomish”), shuningdek, ingliz folkloridagi Robin Gud balladalari hamda “Beovulf” eposi materiallari asosida ilmiy fantastikaga xos ayrim badiiy vositalar aniqlanadi. Qiyosiy tahlil natijalari ilmiy fantastika janrining tarixiy ildizlarini epik adabiyot bilan bog‘liq holda yoritish imkonini beradi.
Tayanch so‘zlar: ilmiy fantastika genezisi, qiyosiy adabiyotshunoslik, xalq eposi, o‘zbek dostonlari, ingliz folklori, Kuntug‘mish, Alpomish, Beovulf, Robin Gud.