Ilgʻor konchi va metallurglar taqdirlandi
“Konchilik va metallurgiya sanoati xodimlari kuni” munosabati bilan “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati tomonidan bir guruh ilgʻor xodimlar taqdirlandi.
“Konchilik va metallurgiya sanoati xodimlari kuni” munosabati bilan “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati tomonidan bir guruh ilgʻor xodimlar taqdirlandi.
Bu haqda kombinat axborot xizmati maʼlum qilmoqda.
Maʼlumki, may oyining uchinchi yakshanba kuni mamlakatimizda Oʻzbekiston Respublikasi konchilik va metallurgiya sanoati xodimlari kuni sifatida keng nishonlanadi.
Bu yil konchi va metallurgchilar kasb bayrami koronavirus tufayli eʼlon qilingan karantin davriga toʻgʻri kelmoqda. Shunday boʻlsada, kombinat tizimida mehnat qilayotgan ilgʻor xodimlar kombinat rahbariyati tomonidan karantin talablariga qatʼiy amal qilingan holda ragʻbatlantirilmoqda.
Jumladan, bugun “Olmaliq KMK” AJ texnologik zanjirining yakuniy nuqtasi boʻlgan Mis eritish zavodiga kombinat boshqaruvi raisi Abdulla Xursanov tashrif buyurib, metallurglarni kasb bayrami bilan tabrikladi. A.Xursanov koronavirus infeksiyasi bilan bogʻliq murakkab sharoitida ham kombinat mehnat jamoasi tomonidan ishlab chiqarish koʻrsatgachilari yuqori surʼatlarda bajarilayotgani, bunda Mis eritish zavodining ham salmoqli hissasi borligi uchun zavod ishchilariga minnatdorlik bildirdi.
Tadbir davomida bir guruh ishchi-xodimlar maxsus nishon va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.