Ikkinchi jahon urushi yillarida Oʻzbekiston SSRda bolalar kasalliklari va ularga qarshi kurash tarixi
Baxromjon Olimjonovich BADALOV tayanch doktorant Andijon davlat universiteti Andijon, O‘zbekiston
Annotatsiya
Maqolada Ikkinchi jahon urushi yillarida mamlakatda bolalar orasida keng tarqalgan yuqumli va somatik kasalliklar, ularning kelib chiqish sabablari hamda ularga qarshi tibbiy-profilaktik chora-tadbirlar ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Urush sharoitida sog‘liqni saqlash tizimining cheklangan imkoniyatlari, oziq-ovqat tanqisligi, sanitariya-gigiyenik holatlarning yomonlashuvi bolalar kasalliklarining keskin ortishiga sabab bo‘lganligi asoslab berilgan. Shuningdek, davolash-profilaktika muassasalari faoliyati, tibbyot` xodimlarning fidokorona mehnati va davlat siyosati darajasida amalga oshirilgan sog‘liqni saqlash ishlari yoritilgan.
Tayanch so‘zlar: Ikkinchi jahon urushi, Oʻzbekiston SSR, bolalar salomatligi, yuqumli kasalliklar, sog‘liqni saqlash tizimi, profilaktika, tibbiy xizmat, epidemiologiya, sanitariya holati.