Ikki stol tennischimiz Rigada sovrindor bo‘ldi
Yosh sportchilar mahoratini oshirish maqsadida O‘zbekiston stol tennisi federatsiyasi bir qator davlatlarda o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazmoqda.
Yosh sportchilar mahoratini oshirish maqsadida O‘zbekiston stol tennisi federatsiyasi bir qator davlatlarda o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazmoqda.
Jumladan, O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi a’zolari Latviyada stol tennisi bo‘yicha xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘inda qatnashdi. Shuningdek, tennischilarimiz yig‘in doirasida xalqaro turnirda ham ishtirok etdi.
Riga shahrida o‘tgan nufuzli musobaqada 17 jamoa tarkibida 220 nafar stol tennischilari g‘oliblik uchun o‘zaro raqobatlashdi. Keskin va murosasiz o‘tgan bahslarda hamyurtimiz Jamshid Rahimberganov va Nasibaxon Tojioxunova bronza medalini qo‘lga kiritdi.