“Ijodkor sudyalar klubi” tashkil etildi
Davlatimiz rahbari ma’naviyat bo‘lmagan joyda adolat bo‘lmaydi, deb alohida ta’kidlagan.
Bu esa sudyalar ma’naviyatini yuksaltirib borish zarurligini anglatadi. Shu maqsadda Sudyalar oliy kengashi qator tadbirlarni amalga oshirib kelmoqda. Ma’naviy-ma’rifiy ishlar kuchaytirilib, sudyalarni saboq chiqarishga undaydigan filmlar yaratildi, asarlar chop etildi.
Haqiqatan ham ma’naviyatga begona insonni tirik haykaldan farqi qolmaydi. Sudyalik esa inson taqdiri bilan bevosita bog‘liq. Buning yukini ko‘tarish uchun sudya ma’nan yuksak, axloqan pok bo‘lishi kerak.
Sudyalar oliy kengashi tashabbusi bilan tashkil etilgan “Ijodkor sudyalar klubi” sud tizimida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.
Mazkur klubga jam bo‘lganlar shaxsiy namuna ko‘rsatishlaridan tashqari ma’naviy-ma’rifiy ishlarda faol bo‘lmog‘i ham talab etiladi. Ularning harakati, mehnati va ijodi esa Kengash tomonidan rag‘batlantirib boriladi.
Sudyalar oliy kengashi
Matbuot xizmati
O‘zA