IHT mamlakatlarida xalqaro turizm rivojlanmoqda
Saudiya Arabistoni Podshohligi axborot agentligi – SPA xabar berishicha, Islom hamkorlik tashkiloti (IHT) Bosh kotibining iqtisodiy masalalar bo‘yicha yordamchisi doktor Ahmad Kavesa Sengendo Xiva shahrida bo‘lib o‘tayotgan Turizm vazirlari XII islom konferensiyasining ahamiyatini ta’kidladi.
Anjumanning ilk sessiyasida so‘zga chiqqan doktor Sengendo IHT mamlakatlariga xorijiy sayyohlar oqimi sezilarli darajada tazlashib, 224 millionga yetganini qayd etdi.

Notiq turizmni rivojlantirishga hissa qo‘shish butun IHT oilasi e’tiboridagi asosiy vazifaga aylanganini ta’kidlarkan, barchani tarmoq siyosatini uyg‘unlashtirishni takomillashtirish orqali islom turizmini rivojlantirishga chaqirdi. Bu jarayonda turizmni o‘qitish, zamonaviy marketingni yo‘lga qo‘yish, investitsiya imkoniyatini, infratuzilmani yaxshilashga qaratilgan mintaqaviy loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha hamkorlikdagi sa’y-harakatlar ko‘lamini kengaytirish ekanini qo‘shimcha qildi.


Muharrama Pirmatova, O‘zA