IHT Bosh kotibi “Hazrati Imom” majmuasida
Islom hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi Husayn Ibrohim Toha mamlakatimizga safari davomida Toshkentdagi “Hazrati Imom” majmuasiga tashrif buyurdi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Zayniddin domla Eshonqulov martabali mehmonga yurtimizda diniy-ma’rifiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar, idora faoliyati hamda majmua haqida ma’lumot berdi.

Ibrohim Toha janoblari majmua tarkibidagi muborak qadamjolar bilan yaqindan tanishdi. Xususan, Qur’oni karimning “Mo‘yi Muborak” madrasasida saqlanayotgan qadimiy nusxasi – Hazrati Usmon Mushafini ziyorat qildi.