IESda kasb bayrami nishonlandi
Hayotimizni bir kun ham elektrsiz tasavvur etish qiyin. Bu sohada mehnat qilayotgan har bir hodimning mehnati ham sharafli, ham mashaqqatli.
Bu soha vakillari kuni kecha kasb bayramini katta tantana bilan nishonlashdi.


Sirdaryo IES elektr energiyasi ishlab chiqarish quvvatlari bo‘yicha nafaqat respublikamizda, balki O‘rta Osiyoda ham yetakchi korxonalardan hisoblanadi. Hozir korxonada 2000 dan ziyod ishchi-xodim fidokorona mehnat qilib kelmoqda.


Energetiklar kuni munosabati bilan Sirdaryo IES korxonasida mehnat qilayotgan ishchi-xodimlarga “Energetika faxriysi” ko‘krak nishoni hamda “IES” AJ va birlashgan kasaba uyushmasining faxriy yorliqlari topshirildi.
Turli rasmiy idoralar, hamkor tashkilotlar tomonidan ham korxona rahbariyati nomiga tashakkurnomalar, esdalik sovg‘alari berildi.



Sh.Suyarov, O‘zA muxbiri