Ichki ishlar vaziri: “Bugungi kunga qadar karantin qoidalariga amal qilmaslik bilan bogʻliq 3649 ta holat aniqlangan”
23-mart kuni soat 11:00 larda uyiga qarindoshlarini mehmonga chaqirganligi aniqlangan.
Bugungi vaziyatda mavjud qonun-qoidalarga rioya qilish va shu orqali sanitariya-epidemiologik vaziyat barqarorligiga hissa qoʻshish oʻrniga ayrim fuqarolar oʻzi va boshqalarning hayotini xavf ostida qoldirib, epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzish bilan bogʻliq huquqbuzarliklar sodir etmoqda.
Jumladan, karantin tadbirlari eʼlon qilingan vaqtdan bugungi kunga qadar Respublikamiz boʻyicha karantin qoidalariga amal qilmaslik bilan bogʻliq jami – 3649 ta holat aniqlangan. Ular:
- Toshkent shahrida – 476 ta holat;
- Toshkent viloyatida – 259 ta holat;
- Jizzax viloyatida – 415 ta holat;
- Buxoro viloyatida – 276 ta holat;
- Samarqand viloyatida – 538 ta holat;
- Qashqadaryo viloyatida – 11 ta holat;
- Surxondaryo viloyatida – 221 ta holat;
- Xorazm viloyatida – 52 ta holat;
- Sirdaryo viloyatida – 53 ta holat;
- Fargʻona viloyatida – 506 ta holat;
- Navoiy viloyatida – 104 ta holat;
- Namangan viloyatida – 281 ta holat;
- Andijon viloyatida – 316 ta holat;
- Qoraqalpogʻiston Respublikasida – 141 ta holatni tashkil etmoqda.
Karantir qoidalari va saniyatariya cheklovlariga rioya qilish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilishiga qaramasdan, hamon qoidabuzarlik holatlari kuzatilmoqda.
Misol uchun, Toshkent viloyati, Zangiota tumani, Eshonguzar Q.F.Y., X.Nugʻmon koʻchasi, 13-uyda yashovchi, 1992-yilda tugʻilgan, fuqaro J.R. tibbiy kuzatuv ostiga olinganligiga qaramasdan, 25-mart kuni soat 12:00 larda yashash manzilidan chiqib ketganligi uchun Toshkent shahri Uchtepa tuman IIO FMB 2-sonli IIB hamda Milliy gvardiya xodimlari tomonidan ushlangan.
Jizzax viloyati, Baxmal tumani, Doʻstlik M.F.Y., Olomon qishlogʻida istiqomat qiluvchi, 1995-yilda tugʻilgan, fuqaro I. A. umumiy ovqatlanish va koʻngilochar joylar faoliyatini vaqtinchalik toʻxtatib turish toʻgʻrisida ogohlantirilgan boʻlishiga qaramasdan, 24-mart kuni soat 10:00 larda ushbu hududda joylashgan oʻziga qarashli “Shashlik markazi” nomli choyxonada 6 nafar mijozlarga xizmat koʻrsatayotganligi aniqlangan.
Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Chorbakr M.F.Y., Choqpich kishlogʻida yashovchi 1988-yilda tugʻilgan fuqaro A.J. hududiy profilaktika inspektori tomonidan bir necha marotaba ogohlantirilgan boʻlishiga qaramasdan, 24-mart kuni soat 20:30 larda oʻziga tegishli boʻlgan Buxoro shahar, Ibn Sino koʻchasidagi “Bek” kafesida 3 nafar mijozga xizmat koʻrsatayotganligi aniqlangan.
Fargʻona viloyati, Oʻzbekiston tumani, Katta Tagob mahallasi, Anorzor koʻchasi, 23-uyda yashovchi, oʻz yashash manzili boʻyicha karantinda saqlangan, 21-mart kuni Qozogʻistondan kelgan 1986-yilda tugʻilgan, fuqaro B.T.
23-mart kuni soat 11:00 larda uyiga qarindoshlarini mehmonga chaqirganligi aniqlangan.
Yuqoridagi kabi holatlar yuzasidan huquqbuzar fuqarolarga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 54-moddasi asosida jarima qoʻllangan
Shu bilan birga, ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari tomonidan mamlakatimizdagi haqiqiy vaziyatni soxtalashtirib talqin qilayotgan, aholi orasida vahima keltirib chiqarishga qaratilgan uydirmalar, shuningdek, asossiz maʼlumotlarni tarqatayotgan akkauntlarni aniqlash va ularning egalariga nisbatan qonunda belgilangan tartibda huquqiy taʼsir choralarini koʻrish ishlari tizimli ravishda amalga oshirilmoqda.
Bugungi vaziyatda ichki ishlar organlarining boshqa vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda koronavirusga qarshi kurash olib borib, karantin qoidalari va sanitariya cheklovlariga qatʼiy rioya qilinishini taʼminlash orqali yurtdoshlarimiz salomatligini himoya qilish asosiy vazifasi boʻlib qolmoqda.
Taʼkidlab oʻtaman, har birimiz zimmamizdagi vazifalarga yana-da masʼuliyat bilan yondoshib, sanitariya-gigiyena talablariga qatʼiy rioya qilishimiz, eng bebaho neʼmat boʻlgan sihat-salomatlikni asrash va himoya qilish uchun barcha zarur choralarni amalga oshirishimiz shart.