Husniyabonuning sportdagi muvaffaqiyatlari
Buxorolik Husniyabonu G‘ulomova 10 yoshidan badiiy gimnastika bilan shug‘ullanadi.
Sportsevar qahramonimiz badiiy gimnastika bo‘yicha Gollandiya, Turkiya, Germaniya, Tatariston, Vengriya, Ukraina, Qozog‘iston davlatlarida o‘tkazilgan nufuzli xalqaro turnirlarda g‘oliblar safidan joy olgan. 2010 yil Zulfiya nomidagi davlat mukofotini qo‘lga kiritgan. 2011 yilda esa sport ustasi unvoniga sazovor bo‘lgan. Shu kunga qadar 10 karra O‘zbekiston chempioni hisoblanadi.
[gallery-1723]
Ayni paytda Husniyabonu G‘ulomova Buxoro o‘smirlar badiiy gimnastika maktabida qizlarga mahorat saboqlarini bermoqda. Sportchining uch nafar farzandi o‘zi kabi sportga ishtiyoqi baland.
Tohir ISTATOV (surat), O‘zA